Cambridge English Qualifications
8-avgust, 2026 · Bahriddin Gapporov
Siz yana boshqa amal qilish muddati yo'q ingliz tili imtihonlarini bilarmidingiz? Ko'pchilikni e'tiboridan ancha chetda qolayotgan testlar haqida suhbatlashamiz.
Cambridge English Qualifications — bu dunyodagi eng nufuzli ingliz tili sertifikatlari bo'lib, ular Cambridge University Press & Assessment tomonidan ishlab chiqiladi va CEFR (A1–C2) xalqaro standartlariga asoslanadi. Ushbu imtihonlar o'quvchilarning Reading, Writing, Listening va Speaking ko'nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda baholaydi. Aksariyat ustozlar TKT (Teaching Knowledge Test) orqali ushbu tashkilotni yaxshi tanishadi. Bu tashkilot ko'plab imtihonlarni tashkillaydi.
Asosiy imtihon turlari
- A2 Key (KET)
- B1 Preliminary (PET)
- B2 First (FCE)
- C1 Advanced (CAE)
- C2 Proficiency (CPE)
Imtihon tarkibi
- Reading & Use of English
- Writing
- Listening
- Speaking
Imtiyozlari
- Bakalavriyat, magistratura, doktoranturaga o'qishga topshirish mumkin
- Barcha davlat ta'lim muassasalariga (maktabgacha ta'lim, maktab, kollej, litsey, texnikum, institut, universitet) ishga kirish, qolish va 50% ustama olishga o'tadi.
- Amal qilish yo'q. (Tashkilotlar o'z talabidan kelib chiqib, olinganiga 2-3 yil muddatni tan oladi.)
- Chet elda o'qish hamda ishlash imkonini beradi.
Imtihon topshirish shakli
- An'anaviy qog'ozda (imtihon natijasi 4-6 hafta oralig'ida e'lon qilinadi)
- Kompyuterda (imtihon natijasi 5-10 kun oralig'ida e'lon qilinadi)
- (Speaking imtihoni yuzma-yuz olinadi)
Real ingliz tili testi hisoblanadi. IELTS va TOEFL kabi imtihonlar ingliz tilini chet til sifatida o'rganuvchilarga mo'ljallangan bo'lsa, Cambridge Qualifications esa nafaqat til egalari, balki horijiy til o'rganuvchilarga ham birdek mos tushadigan test turlari sanaladi.
Testlarning sifati va darajasi juda yuqori. O'zini "haqiqiy" sinovdan o'tkazmoqchi "mard"lar uchun nihoyatda yaxshi tanlov!
Juda qolipli test turlari hisoblanadi. Tayyorgarlikka mo'ljallangan kitoblardagi kabi testlar tushadi. Mohiyatini chuqur anglab, tayyorgarlik qilinsa, B2 First, C1 Advanced darajalarini qo'lga kiritish mumkin.
Yuqoridagi rasmlarning chapdagi qizil rangdagisi natijani onlayn ko'rinishi, o'ngdagisi original sertifikat hisoblanadi.
Batafsil ma'lumot uchun rasmiy sahifaga tashrif buyurishingiz mumkin.
⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬
https://www.cambridgeenglish.org/exams-and-tests/qualifications/ways-to-take-exam/paper-based/
