Ko'p beriladigan savollar
Imtihon va kurslar haqida eng ko'p so'raladigan savollar.
Bu British Council tomonidan ishlab chiqilgan, aynan ingliz tili o'qituvchilari uchun mo'ljallangan imtihon. To'rtta ko'nikma — Listening, Reading, Speaking, Writing — hamda Grammar and Vocabulary bo'limidan iborat.
Har bir ko'nikma alohida vaqtga ega. O'rtacha to'liq imtihon 2 soatdan 3 soatgacha davom etadi. Platformadagi mashq testlarida ham har bo'lim uchun rasmiy vaqt limiti qo'yilgan.
Ikkita usulda aniqlash mumkin:
- eu.accounts.accredible.com/retrieve-credentials saytiga kiring va imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan elektron pochtangiz bilan “Create Account” qiling. So'ng “Credentials” bo'limidan natijangizni ko'rasiz. Bu usul biroz vaqt talab qilishi mumkin.
- info@britishcouncil.uz manziliga passport yoki ID kartadagi to'liq ism-sharifingiz, seriya va raqami, imtihon sanasi, vaqti va manzilini yozing. Xat mavzusiga “Aptis ESOL for teachers (Aptis ESOL Advanced) imtihon natijasini olish” deb yozib yuboring.
16 yoshdan topshirish mumkin. Voyaga yetmaganlar ota-ona yoki vasiy roziligi bilan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Aptis ESOL for teachers C1 sertifikati bilan davlat ta'lim muassasalarida (maktabgacha ta'lim, maktab, texnikum, kollej, litsey, universitet va institut) 50% ustama olish mumkin.
Aptis ESOL Advanced C1 yoki C2 sertifikati bilan davlat oliy ta'lim muassasalarida (universitet va institut) 50% ustama olish mumkin.
Aptis ESOL Advanced C1 yoki C2 sertifikati bilan davlat oliy ta'lim muassasalarida (universitet va institut) 50% ustama olish mumkin.
Aptis ESOL Advanced (yo'nalishga muvofiq B1–C2). Eslatma: Aptis ESOL for teachers sertifikati o'qishga kirish uchun hech qanday imtiyoz bermaydi.
Sertifikatning yuqori o'ng burchagidagi QR kodni skanerlang yoki sertifikat pastidagi https://credentials… bilan boshlanuvchi havolani bosing — shu orqali haqiqiyligini tekshirasiz.
Sertifikatning amal qilish muddati yo'q. Biroq 50% ustama olish uchun 3 yilgacha amal qiladi. Britaniya Kengashining taklifiga binoan bu muddatni 2 yilga qisqartirish tavsiya etilmoqda.
48–72 soat oralig'ida, ba'zan 24 soatda ham chiqishi mumkin. Dam olish kunlari va bayramlar hisobga olinmaydi.
Ha. Maxsus formani to'ldirib info@britishcouncil.uz manziliga yuborasiz. Appelyatsiya to'lovi — 648 000 UZS.
Ha. Agar avval B2 olgan bo'lsangiz va appelyatsiyadan so'ng C1 ga o'zgarsa, summa qaytariladi. Agar daraja B2 ligicha qolib, faqat biror ko'nikma balligina ko'tarilsa, summa qaytarilmaydi.
Ha, quyidagi shartlarga ko'ra:
Agar o'quv markazi yoki hamkor tashkilot orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, bekor qilish arizasi shu markaz tomonidan topshiriladi. Britaniya Kengashi so'rovni ko'rib chiqadi va tasdiqlansa, mablag' tayyorgarlik markaziga qaytariladi.
Yozma dalillar: shifokor imzolagan va muhrlangan rasmiy tibbiy ma'lumotnoma; ichki ishlar bo'linmasidan dalolatnoma, o'lim haqidagi guvohnoma va boshqa rasmiy hujjatlar. To'lov qaysi usulda amalga oshirilgan bo'lsa, shu usulda qaytariladi.
- To'lov tasdiqlangan kundan 14 kalendar kun ichida ariza bersangiz — to'lov to'liq qaytariladi, hech qanday ma'muriy to'lov olinmaydi. Shuningdek, qo'shimcha to'lovsiz boshqa mavjud sessiyaga o'tkazishni so'rashingiz mumkin.
- 14 kundan keyin, lekin imtihon sanasidan kamida 2 ish kuni oldin ariza bersangiz — to'lovning 75% qaytariladi, 25% ma'muriy to'lov ushlab qolinadi.
- 14 kunlik muddatdan tashqari, imtihon sanasidan 2 ish kun ichida bekor qilsangiz — to'lov qaytarilmaydi (kasallikni tasdiqlovchi hujjat yoki ko'zda tutilmagan sabablar bundan mustasno).
Agar o'quv markazi yoki hamkor tashkilot orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, bekor qilish arizasi shu markaz tomonidan topshiriladi. Britaniya Kengashi so'rovni ko'rib chiqadi va tasdiqlansa, mablag' tayyorgarlik markaziga qaytariladi.
Yozma dalillar: shifokor imzolagan va muhrlangan rasmiy tibbiy ma'lumotnoma; ichki ishlar bo'linmasidan dalolatnoma, o'lim haqidagi guvohnoma va boshqa rasmiy hujjatlar. To'lov qaysi usulda amalga oshirilgan bo'lsa, shu usulda qaytariladi.
britishcouncil.uz/en/exam/aptis/book sahifasiga kiring, pastga tushib mos imtihon turini tanlang va ro'yxatdan o'tishni boshlang.
a. Payme, Click va Xazna ilovalari orqali.
b. Bank orqali:
b. Bank orqali:
- Tashkilot nomi: The British Council Office
- Bank nomi: KDB Bank Uzbekistan Head Office
- INN: 207066588
- Hisob raqam: 2029 6000 9048 4475 4001
- MFO: 00842
Ha. Imtihonga 2–3 kun qolganda sizga barcha ma'lumotlar bilan elektron xabar yuboriladi.
Ha. Sizga ruchka va qog'oz beriladi — bemalol yozib, chizishingiz mumkin. Shaxsan tavsiya etaman.